Sizni O’zbekiston bayrog’i bilan kutib oladigan yagona muzeydir. Bu yerda siz o’z bayrog’ingiz bilan tekinga rasmga tushishingiz hamda “Stalin chizig’i” uzra baland ko’tarishingiz mumkin.
Faqatgina bu muzeyda siz bayroq bilan birga tank ustida sayr qilishingiz, tekinga rasmga tushishingiz va rasmlarni elektron pochta orqali olishingiz mumkin.
“Stalin chizig’i” muzeyida sobiq ittifoq xarbiy va injeneriya texnikalarini uchratishingiz mumkin.
Muzey hududida haqiqiy beton bunkerlari “Stalin chiziqlari” mavjud. Bu bunkerlar 1928-1939 yillarda qurilgan bo’lib, pushka va tez o’q otarlar bilan jihozlangan.
Bu muzeyda haqiqiy qurollardan otish, va xattoki, nemis tankini sobiq ittifoq tanki yoki tez o’q otari yordamida portlatishingiz mumkin.
Bu yerda zirxlangan poezd hamda Ikkinchi jahon urushi davridagi sobiq ittifoq va nemis texnikalari mavjud.
“Stalin chizig’i” muzeyi vaqtni yaxshi o’tkazish va sobiq ittifoq tarixiga nazar solish mumkin bo’lgan joydir. Belarusga xush kelibsiz!!